Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-sentabr
MasterHub — ustalar va mijozlarni bog'lovchi platforma. Bu sahifada biz qanday ma'lumot to'plashimiz, uni qayerda saqlashimiz va kim ko'ra olishi oddiy tilda yozilgan.
Ustalardan nima to'planadi
Siz ariza to'ldirganingizda quyidagilarni o'zingiz kiritasiz:
- Ism va Telegram username
- Telefon raqami
- Joylashuv (viloyat, tuman)
- Mutaxassislik, tajriba va narx
- O'zingiz haqingizdagi matn
- Profil rasmi va portfolio rasmlari
Bulardan tashqari Telegram bizga sizning Telegram IDingizni beradi — u faqat sizga bot orqali xabar yuborish uchun ishlatiladi.
Muhim: usta sifatida ro'yxatdan o'tsangiz, ismingiz, telefon raqamingiz, joylashuvingiz va rasmlaringiz ilovadagi barcha foydalanuvchilarga ochiq ko'rinadi. Mijoz siz bilan shu raqam orqali bog'lanadi.
E'lon berganda nima to'planadi
E'lon berish uchun ro'yxatdan o'tish shart emas. Siz kiritasiz: ism, Telegram username, telefon raqami, joylashuv, ish tavsifi va rasmlar. Ism va username Telegram hisobingizdan avtomatik to'ldiriladi — ikkalasini ham o'zgartirishingiz mumkin.
- Ochiq ko'rinadi: sarlavha, tavsif, kategoriya, joylashuv, byudjet, rasmlar va Telegram username.
- Telefon raqamingiz e'londa ochiq ko'rinmaydi — u Telegram ID ingiz bilan birga faqat platforma administratoriga yuboriladi.
E'loningizni ko'rgan odam "Bog'lanish" tugmasini bosganda to'g'ridan Telegramdagi shaxsiy chatingizga o'tadi. Shuning uchun e'londa aynan o'zingiz yozishmoqchi bo'lgan username turishiga ishonch hosil qiling.
E'lonlar 30 kundan keyin avtomatik arxivlanadi. Uni ertaroq yopmoqchi bo'lsangiz yoki butunlay o'chirishni istasangiz, pastdagi manzilga yozing.
Usta sifatida bergan xizmat e'loningiz avval administrator tomonidan ko'rib chiqiladi va shundan keyin ilovada chiqadi. Rad etilsa, sababi sizga bot orqali yuboriladi.
Ma'lumot qayerda saqlanadi
- Matnli ma'lumot — Google Sheets jadvalida. Unga faqat platforma egasi kira oladi.
- Rasmlar — ImgBB xizmatida. Rasm havolasini bilgan har qanday odam uni ochib ko'ra oladi, shuning uchun shaxsiy hujjat yoki begona odam rasmini yuklamang.
- Telefoningizda — tanlagan tilingiz, saqlangan ustalar va o'z profilingiz nusxasi brauzer xotirasida turadi. U bizga yuborilmaydi va ilovani o'chirsangiz yo'qoladi.
Ma'lumot nima uchun ishlatiladi
- Profilingizni ilovada ko'rsatish uchun
- Mijoz siz bilan bog'lana olishi uchun
- Obuna va ariza holati haqida Telegram orqali xabar berish uchun
- Umumiy statistika (nechta usta, nechta sharh) uchun
Ma'lumotingiz sotilmaydi va reklama uchun uchinchi tomonlarga berilmaydi.
Ma'lumotni o'chirish
Profilingizni istalgan vaqtda o'zingiz o'chira olasiz: ilovada Profil → Sozlamalar → Akkountni o'chirish. Yozuv jadvaldan olib tashlanadi va profilingiz ilovada ko'rinmay qoladi.
Rasmlar ImgBB'da qolishi mumkin — ularni butunlay o'chirish uchun bizga yozing.
Bolalar
Platforma 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan.
O'zgarishlar
Bu sahifa yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarish bo'lsa, botda xabar beramiz.
Bog'lanish
Savolingiz bo'lsa yozing: info@masterhub.net.uz yoki @n1_ustanitop_bot.